Oybek ma’naviy merosiga nazar…

Joriy yilning 6-april kuni Poytaxtimizning Adiblar xiyoboni majmuasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga biriktirilgan adib, o‘tkir ijod sohibi Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek siymosi haqida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda ustozlar, Oybek hayoti va faoliyati, adib ijodining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan esa Oybekning she’rlari kuy-qo‘shiq tarzida mahorat bilan ijro etilib, “Oybeknoma” she’riy to‘plami yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.
English English Uzbek Uzbek