Oybek — hayot chog‘idayoq el-yurt o‘rtasida nafaqat buyuk adib, balki buyuk inson sifatida mashhur bo‘lgan benazir shaxs. Uning barhayot siymosi esa xotiralarimizda mangu qoladi.
Joriy yilning 20-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga biriktirilgan serqirra ijod sohibi, Oʻzbek adabiyotining olamshumul shuhratini yanada oshirgan Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga qarata Adiblar xiyoboni majmuasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher Boymurodov hamda ushbu bo‘lim yetakchi mutaxassisi Nargiza Asadova ishtirok etib, adib haqida o‘z qimmatli ma’ruzasini institut xodimlari va talaba-yoshlari e’tiboriga havola etdi.
Shuningdek, talabalar Oybek ijodidagi eng sara she’rlardan yaralgan kuy va qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro qilishdi.