Oybek ijodiga nazar…

Bugungi kunda adiblarimizning hayot yo‘llarini o‘rganish, ularning ijodi, ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirish, tariximiz qanchalar buyuk ekanligini anglash har bir inson oldida turgan ma’suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan “Adiblar xiyoboni” maydonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa texnologiyalari fakulteti professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi. Talabalar tomonidan Oybek ijodidan she’rlar aytildi, hayot yo‘llari esga olinib, asarlari sahna ko’rinishida namoyon bo‘ldi va yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Ma’lumot o‘rnida, 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950-yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan Muso Toshmuhammad O‘g‘li Oybek yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ustozdir. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari o‘zbek adabiyotining jahonaro shuhratini yanada oshirdi, ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi.
English English Uzbek Uzbek