Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek

XX asr oʻzbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkent shahrida boʻzchi oilasida dunyoga keldi.

Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.1 — Toshkent — 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. 

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911–1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918–1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921–1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925–1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927–1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).

XX asr oʻzbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida boʻzchi oilasida dunyoga keldi.

Oldin oʻrta maktabda, 1922–1925 yillarda esa Toshkent taʼlim va tarbiya texnikumida tahsil oldi. Soʻngra Oʻrta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqishini davom ettirdi. 1930 yili universitetni tugatib, shu yerda siyosiy iqtisoddan dars berdi.

Yangiliklar va tadbirlar

Adiblar xiyobonidagi navbatdagi tadbir

     Adiblar xiyobonida qad rostlagan buyuk siymolarning haykallari atrofida ilm ahli yana jam bo‘lishdi. Oliy o‘quv yurti tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbirda ham adiblarimizning

Read More »
Yangiliklar
Farrux Rizayev

Oybek ijodiga nazar…

      Bugungi kunda adiblarimizning hayot yo‘llarini o‘rganish, ularning ijodi, ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirish, tariximiz qanchalar buyuk ekanligini anglash har bir inson oldida

Read More »
Tadbirlar
admintitli@2020

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instititutining 1,2,3-bosqich doktorantlari 9-may Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkent shahrida joylashgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif uyushtirdilar.

“Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini kо‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yо‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak” degan edi Muhtaram

Read More »
Yangiliklar
admintitli@2020

Oybekning ibratli hayot yo‘llari!

Adiblar xiyobonida qad rostlagan buyuk siymolarning haykallari atrofida ilm ahli yana jam bo‘lishdi. Oliy o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbirda ham adiblarimizning ibratli hayot

Read More »
Yangiliklar
admintitli@2020

Adiblarimizning ibratli hayot yo‘llari!

Adiblar xiyobonida qad rostlagan buyuk siymolarning haykallari atrofida ilm ahli yana jam bo‘lishdi. Oliy o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbirda ham adiblarimizning ibratli hayot

Read More »