Adiblar xiyoboni majmuasiga tashrif

Joriy yilning 15 iyun kuni Poytaxtimizning Adiblar xiyoboni majmuasiga Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti tyutorlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilarining tashrifi amalga oshirildi.
Ushbu tashrif davomida so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar tomonidan adabiyot, san’at tuygʻuni, didni, ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi tasavvur chegarasini, koʻngil va qalbni tarbiyalashi, shuning uchun ham u tarbiya vositasi ekanligi, adabiyot hamda san’at bilan toʻyingan qalb, ong – poydevori mustahkam binodekligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Tashrifdan tyutorlar hamda kafedra professor-o‘qituvchilari yuqori taassurotlar bilan qaytishdi.

English English Uzbek Uzbek