Oybek faylasuf adib

Joriy yilning 8-iyun kuni Adiblar xiyoboni majmuasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Oybek faylasuf adib” mavzusidagi mazkur adabiy kecha Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Ushbu tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ulug‘bek Abdullayev ochib berib, institutda Oybek ijodiga qarata olib borilayotgan samarali ishlar xususida aytib o‘tildi.
Fakultet talabalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar, go‘zal she’rlardan namunalar hamda adib asarlaridan sahna ko‘rinishlari mahorat bilan ijro qilindi.
English English Uzbek Uzbek